Londondagi Arsenal jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Viktor D'yokereshning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
28 yoshli futbolchi so'nggi beshta o'yinda kanonirlar safida ikki gol va uch assist yozdirib oldi. Shvetsiya futbolchisi yaqinda Chempionlar ligasidagi Slaviyaga qarshi o'yinda (2:1) 1+1 natija qayd etdi.
«Hamma uning golini ko'rishdan tashqari, o'yinini ham ko'rishdan mamnun bo'ldi, qanday erkin va baxtli ko'rinishda edi, maydonda qanday energiya taratardi. Bu aynan bizga kerak bo'lgan narsa. Biz shunday o'yinchilarni sotib olishga harakat qilamiz va aynan ular farqni yaratishga qodir, bu esa Viktorning o'tgan o'yindagi ishi bilan ko'rsatildi», – deb keltiradi Arsenal Radar Artetani.
Shanba kuni Arsenal o'z maydonida Xall Sitiga qarshi o'yin o'tkazadi.
