«Liverpul» afsonasi Steven Gerrard yarim himoyachi Alekis Mak Allisterning yaqinda «Arsenal»ga qarshi o'yindagi chiqishini juda yuqori baholadi.

Andoni Iraola boshqaruvidagi jamoa «kanonirlar»ga o'z maydonida minimal hisobda yutqazdi.

«Mak Allister ajoyib o'ynadi. 10-15 daqiqa davomida «Arsenal» ustunlik qildi, lekin keyin «Liverpul» markazni nazorat qila boshladi.

Yosh Trey Nyoni ham juda yaxshi o'ynadi. Uni shuncha erta almashtirish kerak emas edi, deb o'ylayman.

Mak Allister, albatta, «Liverpul»dagi eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'ldi. Uning o'yinidan hayratdaman. U ajoyib darajada yaxshi», – dedi Gerrard «Overlap Daily» bilan suhbatda.

O'yindagi yagona gol 16-daqiqada kiritildi – uning muallifi Kai Haverz bo'ldi.