Hujumchi «Bornmut» Eli Junior Krupi Londondagi «Tottenhem»ning e'tiboridan chetda qolmayapti.

Football Insider xabariga ko'ra, «shporlar» 20 yoshli hujumchini kuzatishda davom etmoqda. Biroq, fransuzning yanvar oyida transferi ehtimoli past, chunki «Bornmut» hozircha o'yinchidan voz kechmoqchi emas.

Shuningdek, yozda «vishni» potentsial xaridorlar uchun 96 million evro atrofida narx belgilashni rejalashtirayotgani ta'kidlangan.

Hozirgi mavsumda Krupi faqat uchta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta golli uzatma berdi. Hujumchining «Bornmut» bilan shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi.