Manchester Siti jamoasining yarim himoyachisi Rodri kelasi yili ma’lum shart asosida sotilishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Uning hozirgi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha amal qiladi. Gazeta.ru nashri Defensa Central manbasiga tayanib xabar berishicha, Angliya klubi rahbariyati 2026 yil yozda Rodrini 65 million yevroga sotishni ko‘rib chiqadi, agar futbolchi shartnomani uzaytirmasa.

So‘nggi oylar davomida «Oltin to‘p» sovrindori hisoblangan Rodriga Madridning Real klubi qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, biroq «qirollik» jamoasi yarim himoyachi uchun kurashda qatnashadimi, hozircha aniq emas. Transfermarkt sayti Rodrining qiymatini 110 million yevroga baholagan.

Bu yil iyun oyida futbolchining yoshi 29 ga to‘ldi. Rodrining kelajagi va jamoada qolishi shartnoma yangilanishiga bog‘liq bo‘ladi.

Klub va futbolchi o‘rtasidagi muzokaralar yaqin orada davom etishi kutilmoqda.