«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq forvard Benyamin Sheshkoning holati haqida ma'lumot berdi. Sloveniya futbolchisi sentyabr o'rtalaridan beri maydonga tushmagan.
«Afsuski, Sheshko jarohat olib, safdan chiqib ketdi. Biz hozircha qanchalik muddatga ekanligini aniq bilmaymiz, ammo bu uzoq muddatli jarayon bo'lishi kutilmoqda. Bu o'ziga xos jarayon, biz organizmning javobini kuzatamiz va keyingi qadamlarni belgilaymiz. Biz bu ustida ishlayapmiz.
Benyamin uchun juda afsusdaman, u ko'p narsalardan o'tdi. Qaytadan o'ynay olmasligi – bu jiddiy zarba. U qaytishi uchun hamma narsani qilishga tayyormiz», - dedi Karriq matbuot anjumanida.
31 oktyabr kuni «Manchester Yunayted» Premyer-ligada «Chelsi»ga qarshi mehmonlik o'yinini o'tkazadi.
