«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq jamoa atrofidagi shov-shuvlar haqida fikr bildirdi.

«Shov-shuv? Rostini aytsam, men uni sezmayapman. Men faqat ko‘rishim kerak bo‘lgan narsalarni ko‘ryapman. Maxsus hech narsani qidirmayman. Meni uchun muxlislarning fikri, stadionda qanday muhit borligi muhim. Biz muxlislarga nima taklif qilayotganimiz va ular maydonda nima ko‘rayotgani muhim. Boshqa narsalarga e’tibor bermayman. 

Men tashqi maslahatlarni xohlamayman. Meni uchun stadionda nimalar bo‘layotgani, odamlar o‘yinlarga kelishi muhim. Biz muxlislarga nima taklif qilayotganimiz va maydonda nima ko‘rsatayotganimiz muhim», - deydi Karriq matbuot anjumanida «Gazeta.Ru». 

Hozirda «Manchester Yunayted» Premier-ligada 16-o‘rinda turibdi.