«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Karriq o'zining mumkin bo'lgan ishdan bo'shatilishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

«Albatta, o'yin va natijalardan norozi bo'lish bor. Hozirgi asosiy masala – buni yengib o'tish. Nima yaxshiroq qilardik? Qaysi jihatlarda o'sishimiz kerak? Futbolchilar bilan ishlashga diqqatni jamlashimiz lozim. Oldimizda muhim bir hafta bor», – dedi Karriq.

«O'z kelajagimni «Manchester Yunayted» rahbariyati bilan muhokama qildimmi? Menga hech kimdan hech qanday kafolat kerak emas. Men vaziyatni yaxshi tushunaman. Bu ish qanday ekanligini bilaman, o'z mas'uliyatimni anglayman. Shuning uchun bunday kafolatlar menga zarur emas», - deya qo'shimcha qildi Karriq, «Gazeta.Ru»ning BBCga tayanib keltirgan so'zlari bilan.

31 oktyabrda «Manchester Yunayted» «Chelsi»ga qarshi safarda o'ynaydi.