Himoyachi «Yuventus» Andrea Kambyaso yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin. Ushbu ma'lumotni insayder Ekrem Konur taqdim etmoqda.
Agar manbaga ishonilsa, «Yuventus» o'z futbolchisi uchun 40 million evro talab qilmoqda. Hozirda italiyalik futbolchi uchun «Chelsi» va «Barselona» faol kurash olib bormoqda.
O'tgan klub mavsumida 26 yoshli Kambyaso barcha musobaqalarda 47 uchrashuvda qatnashib, uchta gol urdi va beshta assist muallifi bo'ldi.
Kambyasoning «Yuventus» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining narxi 20 million evro.




