«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara Yevropaning top-klublari orasida katta talabga ega. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar orqali insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.

Jurnalistning ma'lumotlariga ko'ra, senegallik futbolchini Myunxenning «Bavariya», «Liverpul» va Londondagi «Chelsi» klublari sotib olishni xohlaydi. Yanvar oyi transfer oynasi oldidan afrikalik yarim himoyachiga qiziqish yanada ortishi kutilmoqda.

Kamara Rossiyalik yarim himoyachi Aleksandr Goloiv bilan bir jamoada o'ynaydi. 22 yoshli yarim himoyachi Transfermarkt  portalida 55 million evro deb baholanmoqda. Lamining Monako bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyining oxirida tugaydi.