«Liverpool» rahbariyati jamoaning himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va potentsial yangi o'yinchilar ro'yxatini tuzdi, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur.
Manbaning ma'lum qilishicha, Merseysayd jamoasining qisqa ro'yxatida Niko Shlotterbek («Borussiya»), Alessandro Bastoni («Inter»), Murillo («Nottingem Forest») va Jul Kounde («Barselona»») bor.
Angliya klubi kelgusi transfer oynalarida himoyani kuchaytirish uchun jiddiy qadamlar qo'yadi.
Sakkizta turdan so'ng Angliya chempionatida Andoni Iraola boshqaruvidagi jamoa 15 ochko to'plab, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda turibdi.
