«Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi Mikail Karriq o‘z lavozimini saqlab qolmoqda. Bu haqda jurnalist Lori Uittvell xabar bermoqda.

Oldinroq, 27-oktabr kuni ertalab, mutaxassis klub bazasiga yetib kelgan va jamoani mashg‘ulotga olib chiqishi kerak edi. 

Manbaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» rahbariyati Karriqning kelajagini muhokama qilishda davom etmoqda va murabbiy haqida oxirgi qarorni qabul qila olmayapti. Shuning uchun, murabbiy hali ham o‘z ishini davom ettirmoqda.

Shanba, 31-oktabr kuni «Manchester Yunayted» «Chelsi»ga qarshi safarda o‘yin o‘tkazadi. To‘qqizinchi tur APL uchrashuvi Moskvada 15:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.