London shahrida «Oltin to'p» tantanasi davom etmoqda. «Arsenal» va Angliya milliy jamoasi hujumchi yarimhimoyachisi Bukayo Saka Sokrat mukofotini qo'lga kiritdi. Ushbu mukofot futbol olamidagi insonparvarlik faoliyati uchun beriladi.

Mukofot birinchi marta «Oltin to'p» marosimida 2022 yilda topshirilgan bo'lib, uni Sadio Mane qo'lga kiritgan. Shundan so'ng, mukofotni Vinisius Junyor, Jenifer Ermoso va Luis Enrike ham qo'lga kiritdi. Endi bu ro'yxatga Saka ham qo'shildi.

«Oltin to'p» marosimining davomiyligini matnli translyatsiya orqali LiveResult portalida kuzatishingiz mumkin. Ushbu kechada asosiy mukofotni topshirish uchun ozgina vaqt qoldi.