Avvalgi kapitan «Manchester Yunayted» va Sky Sports eksperti Gari Nevill jamoa o'yinchilarini «Bornmut»ga qarshi mag'lubiyatdan so'ng tanqid qildi. Yakshanba kuni «Old Trafford»da bo'lib o'tgan o'yin 0:3 hisobida tugadi.
«Ba'zilari professional emas. Bir necha o'yinchi borki… Men Manchesterda yashayman va ba'zilari qanday qilib professional bo'lmasligini bilaman. Men ularni oqlamoqchi emasman. Ba'zilari to'g'ri vaqtda uxlashmaydi, kerakli ovqatni yemaydilar va har bir kunning har bir daqiqasini «Manchester Yunayted»ga bag'ishlamaydilar. Ular bu klub bilan yashamaydi va nafas olmaydi, lekin professional bo'lishi kerak bo'lganlar shunday qilishi kerak,» - deya Gari Nevillni ESPN iqtibos keltirmoqda.
«Va nima uchun? Nima uchun? Chunki ular o'z ahamiyatlaridan bosh aylantirgan. Ular hali ham o'zlarini shohlar kabi tutishadi… Garchi ular hech kim. Ba'zi o'yinchilar - shunchaki hech kim».
8 turdan so'ng «MU» chempionatda 16-o'rinda turibdi.
