Yarim himoyachi «Manchester Yunayted» Bruno Fernandes «Milan»ning qiziqish doirasiga tushdi.
Purtugalik futbolchining kelajagi klub va murabbiylar jamoasiga nisbatan so'nggi tanqidiy fikrlari fonida savol ostida qolmoqda. Calciomercato xabariga ko'ra, «rossoneri» vakillari vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Italiya gigantining bosh murabbiyi Ruben Amorim o'z vatandoshi bilan qayta uchrashishni umid qilmoqda.
Bruno Fernandes yaqinda «qizil iblislar»ning «Bormut»ga qarshi o'tkazgan uchrashuvida zaxiraga olingan edi va jamoa 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. 32 yoshli futbolchining kelasi yanvarda, amaldagi shartnomasi tugashidan olti oy oldin, klubni tark etishi mumkin. Transfermarkt portalida yarim himoyachining qiymati 35 million evro deb baholangan.
