Himoyachi «Manchester Yunayted» Garry Maguayr jamoa o'yinchilari sakkiz o'yinlik g'alabasiz seriya fonida yetarlicha ish qilmayotganini aytdi.

Sakkizinchi turda Angliya Premyer Ligasi (APL) «qizil iblislar» «Bormut»ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

«Hozirgi paytda biz, o'yinchilar, yetarlicha ish qilmayapmiz. O'tgan mavsumda Maykl to'liq o'yinimizni o'zgartirdi: biz ajoyib futbol o'ynadik va a'lo natijalarga erishdik. Bu mavsumda esa har birimiz alohida ravishda yetarlicha yaxshi o'ynamayapmiz», — dedi Maguayr Sky Sports efirida.

Himoyachi jamoa futbolchilari o'z o'yinlariga e'tibor qaratishlari, mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlari va har kuni «MYU»da o'ynashga loyiq ekanliklarini isbotlashlari kerakligini ta'kidladi.

«Manchester Yunayted» 7 ochko to'plab, Angliya chempionatida 16-o'rinda bormoqda.