«MYU» murabbiyi Maykl Karriq jamoa kapitani Bruno Fernandesh haqida izoh berdi. Portugaliyalik futbolchi 8-tur Angliya chempionatida «Bornmut»ga qarshi o'yinda (0:3) zaxirada qoldi.
«O'yin jarayonini o'zgartirish va rivojlanishiga ta'sir ko'rsatish uchun qarorlar qabul qilish zarur bo'lib qoladi. Bugun biz shunday qarorlar qabul qildik», - deya Karriqning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Hozirgi mavsumda 32 yoshli futbolchi 11 o'yinda qatnashib, 4 gol, 2 assist va 2 sariq kartochka bilan ajralib turdi.
«Manchester Yunayted» 7 ochko bilan turnir jadvalida o'n oltinchi o'rinda turibdi. Jamoaning navbatdagi raqibi «Chelsi» bo'ladi. O'yin 31 oktyabrda bo'lib o'tadi.
