«Manchester Yunayted» rahbariyati bosh murabbiy Maykl Karriykni almashtirishni izlamoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Manbaga ko'ra, bosh murabbiy lavozimiga Yuliyan Nagelsmann, Antonio Conte, Eddi Hau va Garret Sautgeyt ko'rib chiqilmoqda.

Angliya Premier Ligasi (APL) ning sakkizinchi turida «Manchester Yunayted» Bournemouth ga 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
«Qizil iblislar» Angliya chempionatida 7 ochko bilan 16-o'rinda turibdi. Keyingi o'yinda 31 oktyabrda «Chelsi» bilan uchrashadi.

Avvalroq Conte ma'lum qildiki, «MYu» taklifi haqida hech qanday muzokaralar olib bormayapti.