«Arsenal» murabbiyi Mikel Arteta yarim himoyachi Bukayo Sakaning holati haqida ma'lumot berdi.
- Bugun kunning ikkinchi yarmida unga yana bir MRT o‘tkaziladi, chunki jarohat joyida juda ko‘p suyuqlik to‘plangan, bu esa jarohat darajasini aniqlashni qiyinlashtirmoqda. Ehtimol, ertaga biz ko‘proq ma'lumotga ega bo‘lamiz. Qo‘shimcha tekshiruvlar va mutaxassislar xulosalari kerak. Agar futbolchi maydondan chiqishga majbur bo‘lsa, og‘riq bilan yurishi va harakatlari cheklangan bo‘lsa, bu yomon belgilardir. Shuning uchun oxirgi bahoni berishimiz va sizga xabar berishimiz uchun biroz sabr qilishimiz kerak, - dedi Arteta matbuot anjumanida.
Esda tuting, ingliz futbolchisi Chempionlar ligasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinda 10-daqiqada maydonni tark etdi.
