Hujumchi «Arsenal» Bukayo Saka Chempionlar ligasida «Bavariya»ga qarshi o'yin boshida jarohat oldi. Futbolchining qaytishi uchun aniq muddatlar belgilangan emas, ammo Londondagi klubda Saka taxminan olti-yetti hafta maydonga tusha olmasligi xavotirlanmoqda. Bu haqda BBC sahifalarida ma'lum qilindi.
Oldinroq «Arsenal»ning bosh murabbiyi Mikel Arteta Bukayo Sakaga yana MRG o'tkazish kerakligini aytdi. Suv to'planishi sababli futbolchining jarohati darajasini aniqlash qiyin bo'lib qolmoqda.
«Arsenal»ning yaqinlashayotgan o'yini 24-oktabr, shanba kuni bo'lib o'tadi. Mikel Arteta jamoasi Evertonni Premier ligasida qabul qiladi.
