«Aston Villa» murabbiyi Unai Emery «Manchester Siti» va «Arsenal»ni hozirgi APL musobaqasining asosiy favoritlari deb hisoblaydi.

- «Manchester Siti» va «Arsenal» - favoritlar. O'tgan mavsumda ular har jihatdan juda kuchli va raqobatbardosh bo'lishdi. Ularning o'yin uslubi aniq. Ba'zan ularga yaqinlashishni orzu qilamiz. «Siti» 21 ochko to'plagan, biz esa - sakkiz. Yettita o'yin o'tkazganimizda farq juda katta, chunki ular mavsumni fantastik darajada boshlashdi, - deya ta'kidladi Emery.

Yetti turda «Manchester Siti» maksimal ochko to'plagan va APLda yetakchilik qilmoqda. «Aston Villa» sakkiz ochko bilan 12-o'rinda turibdi. 24-oktabrda jamoalar Birmingemda to'qnash kelishadi.