«Manchester Yunayted» murabbiyi Maykl Karriq klubning manfaatlari har doim har qanday futbolchi yoki murabbiydan muhimroq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.

- Men bu tarixning bir qismi bo‘lgan ba’zi odamlarni bilaman va ularni yaxshi taniman. «Manchester Yunayted» har doim va har doim biror alohida shaxsdan muhimroq bo‘lgan. Mendan, har bir o‘yinchidan muhimroq - bu shunday bo‘lgan. Men ba’zi futbolchilarni shaxsan bilish va ular bilan birga o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldim. 

- Rayan Giggs, ehtimol, ushbu klub tarixidagi eng buyuk o‘yinchilardan biridir. Lekin gap Rayan Giggs haqida emas, «Manchester Yunayted» haqida. Ueyn Runi klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar. U uchun asosiy narsa jamoa uchun o‘ynash, o‘zini jamoa uchun qurbon qilish va «Manchester Yunayted» uchun eng yaxshisini qilish edi. Ser Aleks Fergyuson - barcha davrlarning eng yaxshi murabbiyi. Mening nazarimda, u buyuk. Men uning boshqaruvida ishlaganimda, uning asosiy ustuvorligi «Manchester Yunayted» edi.

- Biz hech qachon bu sifatlarni yo‘qotmasligimiz kerak, va men bizning ularni yo‘qotishimizga yo‘l qo‘ymayman. Bu menga ushbu maqsadga erishish uchun juda kuchli ilhom beradi, - dedi Karriq matbuot anjumanida.

Yetti turdan so‘ng, «Manchester Yunayted» APLda 7 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Keyingi o‘yinda mankunianlar 25-oktabrda uyda «Bournemouth»ni qabul qilishadi.