Manchester Yunayted jamoasining murabbiyi Maykl Karriq yarimhimoyachi Bruno Fernandeshning kapitanlik tasmasi atrofidagi vaziyatni sharhladi.
Mutaxassis, portugaliyalikni kapitanlik maqomidan mahrum etish imkoniyatini ko‘rib chiqganmi, degan savolga javob bermadi. Karriq qaror qabul qilishda har doim klub manfaatlarini ko‘zlayotganini ta'kidladi.
- Ushbu futbol klubining asoslari va qadriyatlari ko‘p yillar davomida shakllangan. Men ularning har birini yaxshi tushunaman va ularga qo‘shilaman. Barchasi kamtarlik, mehnatsevarlik va ushbu qadriyatlarga mos kelishdan g‘ururlanishga bog‘liq, - dedi Karriq.
Esingizda bo‘lsin, Manchester Yunayted jamoasi «Komo»dan (1:4) qattiq mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, Fernandesh jamoa murabbiylarining taktik qarorlarini ochiqcha tanqid qilgan edi.
