Jurnalistlar TNT Sports 2026-yilgi «Oltin to'p» favoritlari ro'yxatini taqdim etdilar. Birinchi o'rinda Angliya terma jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Garry Keyn turadi.

Ikkinchi o'rinda 19 yoshli Kataloniyaning «Barselona» klubi va Ispaniya terma jamoasining yulduzi Lamin Yamal joylashgan. Uchinchi o'rinda esa 39 yoshli «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi turadi.

O'nlikka shuningdek, quyidagi futbolchilar kiritilgan: Xvicha Kvaratskhelia («PSJ»), Kiliyan Mbappe («Real»), Usmon Dembele («PSJ»), Rodri («Barselona»), Fabien Ruiz («PSJ»), Maykl Olise («Bavariya») va Deklan Rays («Arsenal»).

«Oltin to'p» taqdimot marosimi 26-oktabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi.

Matteus – «Oltin to'p» haqida: «Fikrimga faqat ikkita ism keladi»