Avvalgi «Manchester Yunayted» murabbiyi Erik ten Hag Niderlandiya yarim himoyachisi Frengki de Yongning mankunian klubiga o'tishi amalga oshmaganligi haqida ma'lumot berdi.

«Men muzokaralarning moliyaviy qismlarida ishtirok etmaganman. Lekin, albatta, men bitim uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganman. De Yong bilan uchrashuvlar tashkil qildim, uni «MYu»ga o'tishga ishontirishga harakat qildim. Ammo bizda hech narsa amalga oshmadi», - dedi niderlandiyalik mutaxassis The Athletic jurnalistlariga bergan intervyusida.

Esda tuting, Frengki de Yong hozirda Kataloniyaning «Barselona» klubida o'ynaydi.

Ten Hag «qizil shaytonlar»ning bosh murabbiyi lavozimida 2022 yildan 2024 yilgacha faoliyat yuritgan.