Avvalgi «Manchester Yunayted» murabbiyi Erik ten Hag o‘z jamoasida hujumchi Garry Kainni ko‘rishni xohlaganini aytdi.

«Men rahbariyatga faqat bitta o‘yinchini — Kainni sotib olishni xohlayotganimni aytdim. U «Manchester Yunayted»ga o‘tishga juda ijobiy qaraganini eshitdim, lekin bu masalani hech qachon u bilan muhokama qilmaganmiz. Nima bo‘lgani haqida bilmayman», — deydi ten Hag The Athleticga bergan intervyusida.

Kain karerasining ko‘p qismini «Tottenhem»da o‘tkazdi. 2023 yil yozida hujumchi Myunxenning «Bavariya»siga o‘tdi. Shartnoma summasi 95 million evroni tashkil etdi.

Oldinroq gollandiyalik mutaxassis rahbariyatni «Manchester Yunayted»da yolg‘on gapirishda ayblagan edi.