Avvalgi bosh murabbiy «Manchester Yunayted» Erik ten Hag ingliz klubining rahbariyatini tanqid qildi.
«Menga qo'llab-quvvatlash, muntazam muloqot va barcha qarorlarni birgalikda qabul qilishimiz haqida va'da berilgan edi. Klubdagi muammolar haqida gaplashdik. Ammo rahbarlar va'dalarini bajarmadi. Shuning uchun men xafa bo'ldim», — dedi ten Hag The Athleticga bergan intervyusida.
Gollandiyalik mutaxassis «Manchester Yunayted»ni 2022 yildan 2024 yilgacha boshqargan. Uning rahbarligida «qizil jinnilar» Angliya Kubogini va Angliya ligasi kubogini qo'lga kiritdi.
Hozirda «Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi Maykl Karik.
