Portugaliyalik yarim himoyachi Bruno Fernandes «Manchester Yunayted»da yaxshilanishlarni kutishdan charchagan, deb xabar bermoqda Teamtalk.
Manbaning ma'lum qilishicha, yulduz futbolchi yanvar transfer oynasida «qizil iblislar»ni tark etishi mumkin. Fernandes yanada ambitsiyali jamoaga o'tishni rejalashtirmoqda.
32 yoshli portugaliyalik 2020 yildan buyon mankunianlar safida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilning iyun oyida tugaydi. Uning transfer narxi – 35 million evro.
Premyer-liganing yetti turidan so'ng «Manchester Yunayted» yetti ochko bilan faqat 14-o'rinda turibdi.
