Angliyaning «Bormut» klubi o'zining yarim himoyachisi Aleks Skottning narxini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Skottning muvaffaqiyatli o'yinlari va o'zining Angliya terma jamoasidagi debyuti futbolchining narxining oshishiga yordam berishi mumkin. Agar avval «Bormut» Skottning narxini 118 million evro deb baholagan bo'lsa, endi bu summa oshishi mumkin. «Liverpul» va Chelsi klublarining jiddiy qiziqishi ham qo'shimcha omil bo'lishi mumkin.
Hozirgi mavsumda 23 yoshli Skott barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushib, bir gol urdi va ikki assist yozdirib qo'ydi.
