«Barselona» himoyachisi Alejandro Balde «Manchester Yunayted»ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano ma'lum qildi.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, qishki transfer oynasida «Manchester Yunayted» ikki himoyachini — markaziy va chap himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. Kuchaytirish uchun nomzodlardan biri Balde. «Barselona» o'z futbolchisini sotishga tayyor, ammo o'z navbatida ispaniyalik futbolchi hozircha Kataloniyani tark etish istagida emas.
Ushbu mavsumda 23 yoshli Balde Ispaniya chempionatida faqat bitta o'yinda maydonga tushdi va gol urish yoki assist berish bilan ajralib turmadi.
Transfermarkt baholashiga ko'ra, himoyachining narxi 40 million evrodir.
