«Manchester Yunayted» jamoasining murabbiyi Maykl Karriq jamoaning hozirgi mavsumdagi muvaffaqiyatsiz chiqishlari haqida fikr bildirdi.
- Natijalar menga kerak emas, ular barchamizga kerak. Bu men haqimda emas. «Manchester Yunayted» har kimdan, men va har bir o'yinchidan, klub xodimlaridan ko'ra katta. Men har kuni ishga o'zim haqida o'ylab kelmayman. Barcha ish futbol klubida, uning nimani anglatishida, uning tarixida va biz rioya qilishimiz kerak bo'lgan standartlarda. Ana shular bizni rag'batlantiradi. Eng muhim narsa - bu klub va jamoa uchun yakshanba kuni yaxshiroq bo'lishi, men uchun emas, - dedi Karriq matbuot anjumanida.
«APL»da mankunianlar 13-o'rinda turibdi. Karriq jamoasi keyingi uchrashuvini 18-oktabrda «Lids»ga qarshi o'tkazadi. Boshlanish vaqti - 16:00 MSk.
