«Liverpul» yanvar oyida transfer oynasida bir hujumchi bilan xayrlashishi mumkin, bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, italiyalik qanot o'yinchisi Federiko Kyezaning Merseysayd jamoasini tark etish imkoniyatlari har kuni ortib bormoqda. U joriy mavsumda «qizillar» safida faqat ikki daqiqa o'ynadi va Chempionlar ligasi ro'yxatiga kiritilmagan.

Vaziyatni bir nechta Seriya A vakillari kuzatmoqda: «Yuventus», «Latsio» va «Atalanta».

28 yoshli Kyezaning «Liverpul» bilan shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha davom etadi. O'yinchining transfer narxi o'n million evro deb baholanmoqda.