Lissabonning Benfika jamoasining asosiy hujumchisi Vangelis Pavlidis tumanli Albionga ko'chishga qiziqmoqda. APL grek markaziy hujumchisi uchun ustuvor yo'nalish sifatida ko'rilmoqda, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur.
Angliya chempionatida Pavlidisni transfer qilishga qiziqish bildirayotgan jamoalar orasida Londondagi Tottenhem va Aston Villa mavjud. Shuningdek, hujumchiga Yuventus, Milan va Roma jamoalari ham e'tibor bermoqda.
27 yoshli hujumchining transfer narxi 35 million evro deb baholanmoqda.
Hozirgi mavsumda Primerada Vangelis sakkiz o'yin o'tkazib, sakkiz gol urdi.
