Milliy Ispaniya terma jamoasi va Londonning «Tottenhem» jamoasi himoyachisi Pedro Porro o'z vataniga qaytishi mumkin, chunki uning xizmatlariga kataloniyalik «Barselona» va madridlik «Real» qiziqmoqda.

«Teamtalk» xabar berishicha, «shporlar» o'ng himoyachi uchun rekord miqdorda mablag' talab qiladi. «Tottenhem» bilan kelishish uchun potentsial xaridor 89 million evro atrofida mablag' to'lashga majbur bo'ladi.

Shuni ta'kidlash joizki, bunday kompensatsiya o'ng qanot himoyachisi uchun rekord miqdor bo'ladi. Hozirda rekord marokashlik Ashraf Hakimiga tegishli bo'lib, u 2021 yilda «PSJ» tomonidan Milanning «Inter» jamoasiga 67 million evro to'langan.