Londonning «Arsenal» jamoasi qishki transfer oynasida yangi markaziy himoyachini sotib olishni o'ylamoqda, deb xabar bermoqda Teamtalk.
«Kanonirlar»ning diqqat markazida Myunxenning «Bavariya» jamoasida o'ynayotgan koreys futbolchisi Kim Min Jae bor. Shuningdek, Londonning yana bir jamoasi – «Tottenham» ham ushbu futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
29 yoshli aziyolik futbolchining narxi Transfermarkt portalida 20 million evro deb baholangan. Kim Min Jaening «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozida tugaydi.
Hozirgi Bundesliga mavsumida tajribali himoyachi uchta uchrashuvda qatnashdi va bitta sariq kartochka oldi.
