Meksikaning «Tihuanasida» o'ynayotgan yarimhimoyachi Xilberto Mora yaqin kelajakda tumanli Albionga ko'chishi mumkin, deb xabar beradi Teamtalk.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Liverpul» rahbariyati yanvar transfer oynasidan oldin 18 yoshli futbolchini sotib olish uchun harakatlarini kuchaytirmoqda. «Qizillar»ning asosiy raqibi esa hozirgi APL chempioni — londondagi Arsenal hisoblanadi.
Meksika tomoni, o'z navbatida, Morani sotishdan taxminan 35 million evro daromad olishni maqsad qilmoqda.
Joriy Meksika chempionatida Xilberto yetti o'yinda maydonga tushdi. Yarimhimoyachi o'z hisobiga beshta gol va bir assist yozdirgan.
