Angliyaning «Bornmut» klubi o'zining yulduzli yarimhimoyachisi Aleks Skott uchun narxni belgiladi.

The Touchline xabar berishicha, ko'plab klublardan jiddiy qiziqishlar fonida «vishnilar» 23 yoshli yarimhimoyachini sotishdan kamida 100 million evro daromad olishni maqsad qilgan. Hozirda Skott uchun eng kuchli raqobatchilar «Chelsi» va «Liverpul» hisoblanadi.

Joriy mavsumda Skott APL va Yevropa Ligasida oltita o'yinda ishtirok etib, bir gol urdi va ikki assistentlik qildi.

Skottning «Bornmut» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyigacha amal qiladi.