Purtugalik Benfika markaziy hujumchisi Vangelis Pavlidis Yevropa transfer bozorida katta talabga ega, deb xabar bermoqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali.

27 yoshli bombardir uchun kurashda kataloniyalik Barselona, turinlik Yuventus, Milan, Tottenhem, Aston Villa, Fulxem va Roma jamoalari raqobatlashadi. O'yinchining bozor qiymati 35 million evro deb baholanmoqda va uning «qarg'alar» bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yilning iyunigacha davom etadi.

Hozirgi Portugaliya chempionatida Pavlidis yetti o'yin o'tkazdi. Grek hujumchisi sakkiz gol urdi va ikki golli uzatma berdi.