Antonio Konte «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanishi mumkin. Hozirgi «qizil iblislar» murabbiyi, agar tez orada jamoaning natijalarini yaxshilamasa, iste'foga chiqarilishi mumkin. Jurnalist Daniele Longo ma'lumotlariga ko'ra, Konte mankunianlarni boshqarishni xohlaydi. Italiyalik murabbiy Premier-ligada yana bir bor o'z kuchini sinab ko'rishga tayyor.

Oldinroq Antonio Konte Londondagi «Chelsi» va «Tottenhem» jamoalarida ishlagan. 57 yoshli mutaxassis 2023-yil iyun oyida «Napoli»dan ketganidan beri ishsiz qolmoqda.

Seshanba kuni «Manchester Yunayted» Madridning «Atletiko» jamoasiga Chempionlar ligasida (0:2) mag'lub bo'ldi.