«Manchester Siti» vingeri Antuan Sem'enyo klubdagi o'sishi haqida fikr bildirdi.
««Manchester Siti» ga o'tganimdan so'ng, o'zimni tushunishim kerak edi. O'yin ritmini bilish, qachon sekinlashish, qachon tezlashish va qachon driblingga o'tish kerakligini anglashim zarur edi. Pep Gvardiola bu borada juda ko'p ishladi va bu menga yordam berdi. Hozirda o'yinni juda yaxshi tushunaman, deb o'ylayman», — dedi Sem'enyo UEFA matbuot xizmatiga.
Sem'enyo «Manchester Siti» ga 2026 yil yanvarida «Bormut» dan o'tdi. Hozirgi mavsumda 26 yoshli vinger barcha turnirlarda sakkiz o'yinda qatnashdi, ikki gol urdi va uch assist berdi.
