Belgiya «Bryugge» hujumchisi Nikolo Tresoldi Yevropa transfer bozorida talabga ega, deb xabar bermoqda insayder Ekrem Konur o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli forvardni kataloniyalik «Barselona» va londondagi «Arsenal» klublari sotib olishga qiziqish bildirmoqda. U kelasi mavsumda ushbu klublar uchun transfer maqsadi bo'lishi mumkin.

Tresoldi o'tgan yilning yozidan beri belgiya jamoasida o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyida tugaydi. Transfermarkt  portalining ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 35 million evro deb baholamoqda.