«Inter»ning yarim himoyachisi Aleksandar Stankovich o'z karerasini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Diario AS xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, bir nechta noma'lum APL klublari 21 yoshli Stankovich uchun 40 million evro miqdorida taklif tayyorlamoqda. O'z navbatida, serb futbolchisi hozircha transferga qat'iy talab qo'ymoqchi emas, ammo o'yin vaqti bilan bog'liq vaziyat bu holatni o'zgartirishi mumkin.

Joriy mavsumda Stankovich faqat uchta Italiya chempionati o'yinida maydonga tushdi va jami 44 daqiqa o'ynadi.

Eslatib o'tamiz, «Inter» Stankovichni o'tgan yozda «Bryugge»dan 23 million evro evaziga sotib olgan edi. Yarim himoyachining «Inter» bilan shartnomasi 2031 yilgacha davom etadi.