Xavbek «Bornmut» Alekz Skott Londondagi «Chelsi»da o'z karerasini davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, «Chelsi» yanvar oyida Skottni sotib olishiga ishonmoqda. «Bornmut» o'z futbolchisini 118 million evroga baholamoqda, ammo «siniylar» klubning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor. Agar shartnoma amalga oshsa, Skottning sotilishi «Bornmut» uchun rekord bo'ladi. Shuni ta'kidlash joizki, «vishnilar» yarim himoyachini qish oyida qo'yib yuborishni xohlamayapti.
Hozirgi mavsumda 23 yoshli Skott barcha musobaqalarda oltita o'yinda maydonga tushdi, bitta gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
Yarim himoyachining «Bornmut» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilgacha davom etadi.
