Angliya chempionatining oltinchi turidagi markaziy o‘yinda «Manchester Siti» mehmon sifatida «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu natija haqida britaniyalik jurnalist Pirs Morgan fikr bildirdi.

«Bu shunchaki bir farsa. «Siti» futbolchilari va muxlislari g‘alabani bayram qilmoqda, go‘yoki hech narsa bo‘lmagan. Ammo klub dunyo futbolidagi eng katta firibgar sifatida oshkor etildi. Agar ular ushbu mavsumda unvonni qo‘lga kiritishsa, bu APLni buzishi mumkin», - deb yozgan jurnalist ijtimoiy tarmoqlarda.

Avvalroq «Manchester Siti» ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgani ma'lum bo‘lgan edi.

Oltita turdan so‘ng «shahar» 18 ball to‘plab, APL turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.