Fransiya terma jamoasining yangi a'zosi, hujumchi Esteban Lepol bir qator evropalik klublarning e'tiborini tortdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
26 yoshli hujumchining o'yinlarini besh ta Angliya Premyer Ligasi klubi kuzatmoqda: «Brentford», «Everton», «Aston Villa», «Lids» va «Brayton».
Fransuz tomoni Lepolni potentsial sotishdan 50-60 million evro daromad olishni rejalashtirmoqda. Futbolchining hozirgi klubi «Renn» bilan tuzilgan shartnoma 2030 yilning iyun oyida tugaydi.
Joriy mavsumda Fransiya chempionatida hujumchi besh o'yinda qatnashib, uchta gol urdi.
