Munxenning «Bavariya» yarim himoyachisi Aleksandr Pavlovich bir nechta evropalik top-klublarning diqqat markazida.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi ma'lumotlariga ko'ra, 22 yoshli futbolchini Madridning «Real», «PSJ», «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» qiziqtirmoqda. «Shahar» rahbariyati futbolchining transferi uchun 100 million evro to'lashga tayyor.
Germaniyalik yarim himoyachi «Bavariya»da 2023 yilning noyabridan beri o'ynaydi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning iyun oyida tugaydi. Pavlovichning bozor qiymati 90 million evro.
