Ma’lum sobiq himoyachi Djejmi Karraher Liverpul yarim himoyachisi Florjan Virts o‘yini haqida fikr bildirdi.

23 yoshli futbolchi Manchester Sitiga qarshi o‘yinda Liverpulning katta mag‘lubiyatini (0:3) oldini olishga yordam bera olmadi va 66-daqiqagacha maydonda bo‘ldi.

«Liverpul Virts uchun katta pul to‘lagan, lekin u o‘zidan kutilgan darajada o‘yin ko‘rsata olmayapti. Kumash va Munyos 200 million funtlik o‘yinchilardan yaxshiroq ko‘rinishdi – bu bo‘lishi mumkin emas. Ularning pozitsiyalari turlicha ekanligini tushunaman, lekin Virtsni Gravenberx o‘rniga maydonga chiqarish mumkin emas. Hozirda Florjan yetarlicha yaxshi emas», – deya ta’kidladi Karraher Sky Sports efirida.

O‘tgan yili Florjan Virtsning transferi «Liverpul»ga 125 million evroga tushdi. Hozirgi mavsumda o‘yinchi yetti uchrashuvda bitta golli uzatma bilan ajralib turdi.