Munxenning «Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis bir qancha evropalik top-klublarning e'tiborida. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Kataloniyaning «Barselona» va Madridning «Real» klublari kanadalik himoyachi bilan hamkorlik qilishni istamoqda. «Bavariya» esa nemis tomoni kanadalik futbolchini sotishga tayyor.

Ma'lumki, 25 yoshli himoyachi Munxen jamoasida 2019 yildan beri o'ynaydi. Uning shartnomasi 2030 yilning iyun oyigacha davom etadi. Transfermarkt  portalining mutaxassislari Alfonsoning bozor qiymatini 45 million evro deb baholamoqda.