«Liverpul» o'zining qanot o'yinchisi Kodi Gakponi 70 million funt sterlingga baholamoqda, deydi jurnalist Ben Jeykobs.
O'tgan mavsumda futbolchi to'qqiz gol urdi va olti golli uzatma berdi. So'nggi paytlarda Gakpo «Tottenxem» bilan bog'lanayotgan edi. Shuningdek, gollandiyalik futbolchining yozgi transfer oynasida klubni tark etishni rejalashtirgani haqida ma'lumotlar ham mavjud edi.
Biroq, jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, «Liverpul» rahbariyati Gakponi klubdan ketishini taklif qilmagan. Agar futbolchi klubdan ketadigan bo'lsa, inglizlar o'z o'yinchisi uchun 70 million funt sterling talab qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda Gakpo 2026 yilgi Jahon chempionatida Gollandiya terma jamoasi safida ishtirok etmoqda.




