Yarimhimoyachi «Lille» va Marokash terma jamoasining o'yinchisi Ayub Buaddi yana bir Angliya Premer-ligasi klubi – «Tottenxem»ning qiziqishini tortdi.

18 yoshli futbolchining Braziliya terma jamoasiga qarshi jahon chempionati guruh bosqichidagi birinchi tur o'yinidagi yorqin chiqishi ortidan uning transferi haqidagi mish-mishlar tez tarqaldi (1:1).  Foot Mercato ma'lumotlariga ko'ra, yarimhimoyachiga bo'lgan talablar orasiga «Tottenxem» ham qo'shildi. Potensial transfer narxi 50 million yevrodan oshishi mumkin.

Ayub Buaddiga qiziqish, shuningdek, Londondagi «Arsenal»ga ham taalluqli. Bundan tashqari, yangi yulduzning ehtimoliy xaridorlari qatorida «PSJ» va «Liverpul» ham nomlari tilga olingan.