«Manchester Siti» o'z safida himoyachi Yoshko Gvardiolni saqlab qolish masalasini hal qildi. Mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berganidek, «shaharchilar» Gvardiol bilan shartnomani uzaytirishga kelishib oldilar. Xorvatiyalik futbolchi 2031 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan shartnomani imzolaydi.

Shuni ta'kidlash kerakki, «Manchester Siti» direktori Ugu Viana va murabbiy Enzo Mareska Yoshko Gvardiolni asosiy futbolchi sifatida ko'rishmoqda.

Yoshko Gvardiol «Manchester Siti»ga 2023 yil yozida qo'shilgan. O'shandan beri himoyachi 122 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golga uzatma berdi.